Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev O‘zbekiston bilan erishilgan chegara kelishuvlarini qo‘llab-quvvatladi. Uning fikricha, bu tarixiy qaror bo‘lgan.

Foto: Sputnik

“Hukumatni O‘zbekiston bilan chegaralar masalasini hal qilish istagiga nima turtki bo‘lganini tushunaman, bu Tojikiston bilan munosabatlar holatidan kelib chiqqan holda juda katta va muhim qadam bo‘ldi. Chegaralar masalasi — tarixiy qaror. Albatta, hozir qo‘shni davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev ekani yaxshi. Men uning Qirg‘izistonga munosabatini bilaman, buni qadrlashimiz kerak”, — dedi Atambayev.

2022-yil oxirida Toshkent va Bishkek chegarani delimitatsiya qilish masalasini yakunladi. Qirg‘iziston barcha bahsli hududlarni, O‘zbekiston esa Kampirobod suv omborini oldi.

Qirg‘izistonning amaldagi rahbari Sadir Japarov qirg‘iz-o‘zbek chegarasi kelishuvi haqida gapirar ekan, chegaralar masalasiga chek qo‘yib, kelajak avlodlar kamolotiga mustahkam poydevor qo‘yishga ishonch bildirgandi. U Qirg‘iziston qardosh O‘zbekiston bilan yaxshi qo‘shnichilik ruhidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishini qo‘shimcha qilgan.

AQSH ham O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi bitimga erishganini olqishladi.

Eslatib o‘tamiz, Almazbek Atambayev 14-fevral kuni koloniyadan chiqarildi. Qirg‘iziston Oliy sudi Atambayevga nisbatan ilgari chiqarilgan hukmni bekor qildi va jinoiy ishni qayta tergovga yubordi. Sud Atambayevning Qirg‘izistondan tashqarida davolanishiga ruxsat bergan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »