Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqlarda Qirg‘iziston Xitoy oldidagi qarzni qoplash uchun Jetimtau konini sotishga qaror qilgani haqida xabar tarqaldi. Respublika prezidenti administratsiyasining axborot siyosati xizmati rahbari Dayirbek O‘runbekov mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.

“Jetimtau konini 100 foiz mustaqil ravishda ishlab chiqamiz. Uning hattoki bir foizi ham hech kimga berilmaydi. Konda qazish ishlari uchun mablag‘lar belgilandi, davlat tomonidan metallurgiya zavodi quriladi, mahalliy aholi orasidan ham ishchilar jalb qilinadi.

Hech qanday xorijiy kompaniya kondagi qazish ishlariga aralashmaydi. Jetimtau koni Qumtordan ko‘ra ko‘proq daromad keltiradigan loyihadir. Ayni paytda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda, ular tugagach, qazish ishlari boshlanadi”, — degan u.

Jetimtau — yirik qora va rangli metallar koni

Jetimtau 1956-yilda tadqiq qilingan. Norin va Issiqko‘l viloyatlari oralig‘ida joylashgan. Uning uzunligi qariyb 40 kilometrni tashkil qiladi. Kon 1960-1980-yillardan boshlab sirtdan o‘rganiladi, ammo uning zaxiralari va salohiyati haqida to‘liq ma’lumotlar yo‘q. 

Turli prognozlarga ko‘ra, u 3, 5 yoki 10 milliard tonna rudani tashkil qiladi, oltin rudasining aralashmalari ham mavjud. Qirg‘iziston konchilar uyushmasi ushbu obyektni dunyodagi eng yirik temir ruda konlaridan biri deb atagan va Qirg‘izistonda salohiyati bo‘yicha u hatto Qumtordan ham o‘zib ketishi mumkin.

Qirg‘iziston hukumatining 2020-yildagi prognozida Jetimtau konining Dangovskiy uchastkasini o‘zlashtirish yiliga 200 million dollardan ortiq daromad keltirishi aytilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »