Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston Xitoy, Yevropa va Osiyo mamlakatlariga suv eksport qilmoqchi. Bu haqda Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbari Oqilbek Japarovga tayanib, 24.kg xabar berdi.

Foto: 24.kg

Qirg‘iziston bosh vaziri Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatiga tashrif buyurib, u yerda “Qingdao Laoshan Mineral Water Co., Ltd” kompaniyasi boshqaruvi raisi Vanom Da bilan uchrashgan.

Japarov mamlakat suv resurslarining amalga oshirilmagan salohiyatini qayd etib, ikki tomonlama hamkorlikning barcha yo‘nalishlarida yordam ko‘rsatishga tayyorligini aytgan.

“Biz muzliklar manbaida turibmiz va Xitoy, Yevropa hamda Osiyo mamlakatlariga ekologik toza ichimlik suvini eksport qilishga tayyormiz. Bizga Laoshan kabi kompaniyalar tajribasi kerak”, — degan u.

Qirg‘iziston Qozog‘istonga sug‘orish suvi yetkazib berishni to‘xtatdi

So‘nggi paytlarda Qozog‘istonning Jambil viloyatining bir qator tumanlari sug‘orish suvi tanqisligiga duch keldi. Kirov suv omboridan (Qirg‘iziston) tanqisligi tufayli Jambildagi 4 ming gektarga yaqin piyoz va qand lavlagi xavf ostida qoldi.

Bundan tashqari, suv yo‘qligi sababli bir qancha qishloq tumanlari sug‘orishdan uzildi. Qozog‘iston Ekologiya vaziri o‘rinbosari G‘alidulla Azidullin yil sayin suv taqchilligi kuchayib borayotganini ta’kidladi.

Shundan so‘ng Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qozog‘iston bilan suv taqsimoti har yili vegetatsiya boshlanishidan oldin ishlab chiqiladigan suvni tortib olish grafigiga muvofiq amalga oshirilayotganini tushuntirdi.

Biroq 2023-yilda suv miqdori kamligi bilan bog‘liq mavjud vaziyatni hisobga olgan holda grafik faqat iyun oyida kelishib olindi va tasdiqlandi.

Jambil viloyati fermerlari sug‘orish suvi ta’minotidagi muammolar tufayli viloyatda favqulodda rejim joriy etishni so‘radi. Fermerlar katta zarar ko‘rayotgani qayd etildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »