Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘izistonda mamlakatdagi suv tanqisligi bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun kunlik tartibga solish basseynlarini qurish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov “Kabar” axborot agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Illyustrativ foto: Unsplash

Uning qayd etishicha, bunday holatga iqlim o‘zgarishi sabab bo‘lmoqda, buning oqibatida suv hajmi kamaymoqda. Ayniqsa bu Chuy viloyati uchun aktual hisoblanadi. Qirg‘iziston rahbari bunday basseynlarsiz Bishkek va Chuy vodiysini to‘liq suv bilan ta’minlash qiyinligini aytdi.

Hozirgi vaqtda Sovet Ittifoqi davrida qurilgan basseynlar ishlamoqda, ammo yaqin kelajakda hukumat yangilarini qurishga e’tibor qaratadi.

Japarov Qirg‘iziston ushbu muammoni hal qilgandan so‘ng, boshqa dolzarb masalalarni ham yengishiga ishonch bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, mamlakat hukumati qiyin paytlarda ish boshlagan, ammo hozirda mutaxassislar jamoasi muammolarni yengib o‘tmoqda. Yaqin kelajakda bir qator muhim masalalar, jumladan, suv ta’minoti muammosi ham o‘z yechimini topadi.

“Agar mamlakat mustaqillikka erishgan paytdan boshlab har yili bitta basseyn va GES qursa, hozir ularning soni 33 taga yetardi. Bu mamlakatning elektr energiyasi ishlab chiqarish salohiyatini sezilarli darajada oshirardi”, — deya xulosa qildi Qirg‘iziston rahbari.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »