Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinning taklifiga binoan 23-yanvar kuni davlat tashrifi bilan Xitoyga jo‘nab ketdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar va qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Kun tartibidan O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va keng ko‘lamli amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Shuningdek, davlat rahbari Xitoy hududlaridan biriga tashrif buyurib, ushbu mamlakat yetakchi kompaniyalari va bank-moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning may oyida Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan Xitoyga borgandi. O‘shanda O‘zbekiston prezidenti “Markaziy Osiyo—Xitoy” birinchi sammitida ishtirok etgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »