Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 23—25-yanvar kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, tashrif dasturiga muvofiq Pekin shahrida oliy darajadagi muzokaralar hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Kun tartibidan O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va keng ko‘lamli amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Shuningdek, davlat rahbari Xitoy hududlaridan biriga tashrif buyurib, ushbu mamlakat yetakchi kompaniyalari va bank-moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning may oyida Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan Xitoyga borgandi. O‘shanda O‘zbekiston prezidenti “Markaziy Osiyo—Xitoy” birinchi sammitida ishtirok etgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »