Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev 17-oktyabr kuni Pekinga amaliy tashrif doirasida o‘ziga ajratilgan qarorgohda Amer International industrial-sanoat xoldingi raisi Van Veninni qabul qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Xitoyning yetakchi konglomeratlaridan biri bo‘lgan “Amer International” yuksak texnologiyalar, elektronika, yarimo‘tkazgichlar sanoati, konchilik va qayta ishlash tarmoqlaridagi loyihalar bilan shug‘ullanadi. Kompaniya “Fortune 500” global reytingiga kirgan. Xitoyda va uning tashqarisida umumiy qiymati 60 milliard dollardan ziyod bo‘lgan loyihalarni amalga oshirmoqda.

Van Venin O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar dasturi xorijiy, shu jumladan Xitoy kompaniyalari uchun qulay sharoit yaratayotgani va keng imkoniyatlar ochayotganini ta’kidladi. Kompaniya O‘zbekistonga Markaziy Osiyo mintaqasidagi biznesining bosh yo‘nalishi sifatida qarayotgani qayd etildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Misni chuqur qayta ishlash va undan yuqori qo‘shilgan qiymatli innovasion va xaridorgir mahsulotlar, shu jumladan elektrotexnika, elektromobillar uchun akkumulyator batareyalari, mikroelektronika va yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarish bo‘yicha istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Amer International kompaniyasi raisi Xorijiy investorlar kengashi faoliyatida ishtirok etishi, O‘zbekistonda mintaqaviy ofis ochish hamda qo‘shma innovasion loyihalarni tezlashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasini qabul qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Pekinda 17—18-oktyabr kunlari bo‘ladi. Tashrif davomida Si Szinpin va Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi raisi Van Xunin bilan muzokaralar, boshqa ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Prezident “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumining ochilishida ishtirok etadi va yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »