Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mamlakatda eng kam aholi Sirdaryo viloyatida (914 ming kishi) yashaydi. Bu haqda Statistika agentligi eʼlon qilgan press–relizda yozilgan.

Infografika: Statistika agentligi

Maʼlum qilinishicha, respublikasida 2024-yil 1-yanvar holatiga bir kvadrat kilometrga o‘rtacha 82 kishi to‘g‘ri kelgan. Aholi zichligining eng yuqori ulushi Toshkent shahri, Andijon va Farg‘ona viloyatlariga, eng past ko‘rsatkichlari esa Navoiy viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga to‘g‘ri kelgan.

Infografika: Statistika agentligi

Hududlar bo‘yicha doimiy aholisi soni eng ko‘p hudud Samarqand bo‘lib, viloyatda 4,2 million kishi istiqomat qiladi. Shuningdek, ulushi nisbatan yuqori Farg‘ona viloyatida 4 million kishi, Qashqadaryo viloyatida 3,5 million kishi yashaydi.

Eng kam aholi soni Sirdaryoda bo‘lib, viloyatda 914 ming kishi hayot kechiradi. Navoiy (1 million kishi) va Jizzax (1,5 million kishi) viloyatlarining aholisi ham qolgan hududlarga nisbatan kamligi qayd etilgan.

Agentlik hisob-kitoblariga ko‘ra, 2023-yil yanvar-dekabr oylarida tirik tug‘ilganlar soni 962 ming kishini tashkil etgan. Shundan 480,2 ming nafari shahar joylarda, 481,8 ming nafari qishloqlarda tug‘ilgan.

Tug‘ilishlarning o‘sish surʼati eng yuqori darajasi Xorazm, Surxondaryo, Farg‘ona, Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida kuzatilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekiston doimiy aholisi 36 million 799 ming 800 nafarni tashkil etdi. Shundan erkaklar soni 18,5 million kishi, ayollar 18,3 million kishiga teng.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »