Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Statistika agentligi bergan maʼlumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘tgan yili 95 000 nafar erkak, 77 800 nafar ayol vafot etgan.

Infografika: Statistika agentligi

Mamlakatda 2023-yil yanvar – dekabr oylarida jami 172 800 kishi olamdan o‘tgan. Vafot etganlarning 93 600 nafari shaharlar, 79 200 nafari qishloqlar aholisi hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Vafot etganlar orasida mehnatga layoqatli yoshdagilar 24,6 foizni, mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar 8,8 foizni, mehnatga layoqatli yoshdan kattalar 66,6 foizni tashkil etgan.

Agentlik o‘tgan yil davomida qayd etilgan o‘limlarning 61,1 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan kelib chiqqanini maʼlum qilgan. Shuningdek:

  • 10,8 foizi — o‘limlar o‘simtalardan;
  • 5,5 foizi — nafas olish aʼzolari kasalliklaridan;
  • 4,8 foizi — baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan;
  • 4,1 foizi — ovqat hazm qilish aʼzolari kasalliklaridan;
  • 1,3 foizi — yuqumli va parazitar kasalliklardan;
  • 12,4 foizi — boshqa kasalliklardan vafot etgan.
Infografika: Statistika agentligi

O‘tgan yili eng ko‘p o‘limlar Samarqand viloyatida qayd etilgan — 19 388 ta. Shu bilan birga, Farg‘ona (18 658 ta), Qashqadaryo (16 424 ta), Andijon (15 877 ta), Toshkent viloyatlari (15 537 o‘lim) hamda Toshkent shahrida (15 616 ta) o‘limlar soni nisbatan yuqori bo‘lgan.

O‘limlarning o‘sish surʼati eng yuqori darajasi Navoiy, Sirdaryo Toshkent, Andijon viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda qayd etilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »