Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida er-xotin va ularning ikki qizi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati “Daryo.uz”ga xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

 

Xabarga ko‘ra, holat 15-dekabr kuni soat 13:00 larda O‘zbekiston tumani, “Obod” MFY, Ibrat ko‘chasi, 21-uyda sodir bo‘lgan. Er-xotin M.M. va J.N. hamda ularning voyaga yetmagan ikki qizi yashash xonadoni yotoqxonasida is gazidan zaharlanib, vafot etgan. Ko‘zdan kechirish davomida marhumlar istiqomat qilgan xonadonning yotoqxona va yuvinish xonalari qo‘lbola usulda temirdan yasalgan isitish pechiga tabiiy gaz tarmog‘i tortilib, isitib kelingani, yashash xonasi eshik va deraza romlari alyuminiy profildan ishlangani maʼlum bo‘ldi. 

Yong‘inga qarshi kurash jamiyati tuman hududiy bo‘limi texnik xavfsizligi muhandisining xulosasiga ko‘ra, ko‘zdan kechirishda mazkur qo‘lbola isitish pechlarida tabiiy gaz yoqilgan holatda bo‘lgani, uning dudburoni nostandart holatda tashqariga chiqarilgani va natijada gaz to‘liq yonmasdan, is gazi nazoratsiz tarqalishiga sababchi bo‘lgani ko‘rsatilgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki maʼlumotnomasiga ko‘ra, fuqarolarning o‘limi is gazidan o‘tkir zaharlanish oqibatida yuzaga kelgani aniqlangan. Tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »