Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 2020–2022-yillar va 2023-yilning 9 oyi davomida is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq 245 ta noxush holat yuz bergan. Bu haqda 31-oktyabr kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida ma’lum qilindi.

Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov

Qayd etilishicha, buning oqibatida 200 nafar fuqaro jarohatlangan, 421 nafari halok bo‘lgan va bu kabi fojialar yildan-yilga ko‘payib bormoqda.

Senatorlar bunday holatlarga ushbu sohada hali ham qator tizimli muammo hamda kamchiliklar mavjudligi sabab bo‘layotganini aytib o‘tdi. Xususan, yakka tartibdagi uy-joylar, ko‘p qavatli uylarda o‘rnatilgan gazda va qattiq yoqilg‘i yoki neft mahsulotlarida ishlovchi aksariyat qurilmalarning dudburon va shamollatish kanallari soz holatda emas. Ular sifatli tozalanmagan va belgilangan muddatlarda texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan. Shuningdek, yangi qurilgan ko‘p qavatli uylardagi dudburon va shamollatish kanallari amaldagi qurilish me’yorlariga zid ravishda o‘rnatilmoqda.

Turar joylardagi gaz plitalari, isitish qozonlari, dudburonlar va ventilatsiya tizimini taftishdan o‘tkazish va profilaktika xizmatlari ko‘rsatishni tizimli tashkil etish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan. Biroq shu kunga qadar mazkur xizmatlarni ko‘rsatish tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat mavjud emas. Oqibatda tegishli ishlar mutaxassis bo‘lmagan xodimlar tomonidan sifatsiz va yuzaki bajarilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-noyabrdagi “Aholi xonadonlarida isitish tizimi va yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tashkil etilgan Respublika komissiyasi faoliyati kutilgan samaralarni bermayapti.

Gazda ishlovchi qurilmalarni o‘rnatish va ta’mirlash uchun mutaxassislarga maxsus ruxsatnoma beruvchi tizim mavjud emas. Amaldagi qonunchilikda xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan o‘tkazilgan texnik ko‘rikning sifati uchun javobgarlik masalasi belgilanmaganligi sababli ushbu subyektlar mutaxassislari tomonidan aholiga yolg‘on ma’lumotlar berish, tamagirlik kabi qonunbuzarliklar sodir etilmoqda.

Bundan tashqari, majlisda is gazidan zaharlanish oqibatlarini hisobga olishning aniq tizimi haligacha yaratilmagani, turli tuzilmalar tomonidan baxtsiz hodisalar hisobini yuritishda jiddiy tafovutlar mavjudligi aytib o‘tildi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining ushbu kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan aniq takliflari aks etgan qarori qabul qilindi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »