Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi xonadonlarning birida uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda “Millar” informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Unga ko‘ra, voqea 15-oktyabr kuni tumanning “Taraqqiyot” mahallasidagi xonadonlardan birida yuz bergan. Soat 16-17:00 lar atrofida yuz bergan. Voqea sodir bo‘lgan vaqtda tez yordam chaqirilgan.

Tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimi ham voqea yuz berganini tasdiqlagan. FVV Samarqand viloyati boshqarmasi matbuot kotibi bunday noxush holatlarning oldini olish maqsadida turli xil isitish moslamalaridan foydalanishda fuqarolarni ogoh bo‘lishga, xavfsizlik qoidalariga amal qilishga chaqirdi.

Bosh prokuratura matbuot kotibining ma’lum qilishicha, Oqdaryo tumanida zaharlanib, vafot etganlar 53 yoshli ayol, 9 yoshli qiz va 3 yoshli o‘g‘il bola bo‘lgan. Mazkur holat yuzasidan tegishli modda bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2022-yilda is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq 90 dan ortiq holat sodir bo‘lgan. Buning oqibatida 146 kishi vafot etgan, yana 50 nafar fuqaro jabrlangan. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »