Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farg‘ona shahri Ahmad Yassaviy ko‘chasidagi xonadonda 26-dekabr kuni nomaʼlum moddadan zaharlanish oqibatida 2 yigit halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat prokuraturasi axborot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, shahar ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limiga B.E. xonadonida tanishlari A.A. va X.M. bilan birgalikda nomaʼlum moddadan zaharlangani, ulardan ikki nafari voqea joyida vafot etgani, fuqaro X.M. esa og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Mazkur xabarga asosan hodisa joyi shahar prokurori rahbarligida sud tibbiy ekspertiza bo‘limi eksperti, tezkor-tergov guruhi, FVB Farg‘ona shahri bo‘limi, SEO va JSX shahar bo‘limi va “Hududgaz Farg‘ona” shahar bo‘limi xodimlaridan iborat mutaxassislar ishtirokida krimtexnika vositalari yordamida ko‘zdan kechirilgan.

Jasadlar ko‘zdan kechirilganida, ularda tashqi tan jarohatlari va ulardan qolgan izlar aniqlanmagan. Tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra, fuqarolar B.E. va A.A.ning is gazidan zaharlanib vafot etgani holati bo‘yicha prokuratura tomonidan Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etish haqida qaror qabul qilingan. Mazkur qarorning qonuniyligi o‘rganilib bekor qilingan va hozirda qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2022-yilda is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq 90 dan ortiq holat sodir bo‘lgan. Buning oqibatida 146 kishi vafot etgan, yana 50 nafar fuqaro jabrlangan. Ichki ishlar vazirligi fuqarolarni ko‘mir, o‘tin, neft mahsulotlari va boshqa turdagi yoqilg‘idan foydalanishda xavfsizlik choralariga qatʼiy rioya qilishga va nostandart yoki sertifikatga ega bo‘lmagan isitish pechlaridan foydalanmaslikka chaqirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »