Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida 10-fevral kuni er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

Skrin: YouTube

Xabarlarga ko‘ra, er-xotin 9-fevral kuni tunda yuvinish xonasiga kirib ketib, tonggi 8:00 gacha u yerdan chiqmagan. Bundan xavotirga tushgan ikki nafar o‘g‘il xabar olish maqsadida borganda ularni o‘lik holda topgan.

Tuman hokimi yordamchisi Diyor Po‘latovning aytishicha, hodisaga dudburondan chiqqan is gazi sabab bo‘lgan. “Oilada ikki nafar farzand bor edi. Uy-joyim deydigan er-xotin edi. Shunday baxtsiz hodisa sodir bo‘lib, vafot etishdi”, — deydi ularning qo‘shnisi.

“Tekshirib ko‘rganimizda, hammomda o‘rnatilgan pech noqonuniy bo‘lib chiqdi. Hozirgi kunda is gazidan zaharlangani aniq emas. Viloyat prokuraturasi tekshiruv ishlari olib bormoqda”, — deya ma’lum qildi tuman gaz ta’minoti korxonasi rahbari o‘rinbosari Hamza Shodiyev.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »