Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlari indeksidagi o‘rni yaxshilanayotganiga qaramay, oldinda barqaror rivojlanishni taʼminlash uchun potensial xavflar mavjud va ularni bartaraf etish zarur. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov “O‘zbekiston 2024-yilga qadam qo‘ymoqda: yutuqlar va muammolar” nomli maqolasida maʼlum qildi.

Obid Hakimov
Foto: Google

Obid Hakimovning yozishicha, bir qator xavflar barqaror iqtisodiy o‘sishga salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin.

“Ushbu xavflar ish o‘rinlari (8-maqsad), oziq-ovqat xavfsizligi (2-maqsad), toza energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlari (7-maqsad), infratuzilmani rivojlantirish, urbanizatsiya va masʼuliyatli isteʼmol (12-maqsad) uchun qo‘shimcha yuklama bo‘ladigan aholi sonining o‘sishini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, yer resurslari holatining yomonlashuvi va cho‘llanishga moyillik qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga, oziq-ovqat xavfsizligiga (2-maqsad) va ekologik barqarorlikka (15-maqsad) salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda”, — deb yozadi mutaxassis.

Obid Hakimov fikricha, O‘zbekiston barqaror rivojlanish yo‘lida jadal odimlamoqda. Biroq Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, O‘zbekiston hali ham katta investitsiyalar kiritilishiga muhtoj. Ayniqsa, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq infratuzilmaga, ekologik toza energetikaga va suv taʼminotiga yirik investitsiyalar kerak.  Maqolada iqlim o‘zgarishining salbiy taʼsiri oqibatida suv manbalari yildan-yilga kamayib borishi va bu mamlakat iqtisodiyoti va aholisiga zarar keltirishi to‘g‘risida ham so‘z boradi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Markaziy Osiyoda so‘nggi 50–60-yil ichida muzliklar maydoni qariyb uchdan bir qismga qisqardi. Bu O‘zbekistonning suv va oziq–ovqat xavfsizligi nuqtayi nazaridan zaifligini oshirdi. Jahon resurslari institutining baholashicha, O‘zbekiston 2040-yilga borib o‘ta yuqori darajada suv tanqisligiga uchragan davlatga aylanishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatiga kiradi.

Jahon banki hisob-kitoblari ko‘rsatganidek, iqlim o‘zgarishining suv resurslariga taʼsiri 2030-yilga borib O‘zbekistonni to‘yintiradigan ikkita asosiy daryodagi suv sathi – Sirdaryoda 5 foizgacha, Amudaryoda esa 15 foizgacha pasayishiga xizmat qiladi. Prognozlarga ko‘ra, O‘zbekistonda suv tanqisligi 2030-yilga borib 7 milliard kub metrga, 2050-yilga kelib 15 milliard kub metrga yetishi mumkin. 2050-yilga borib Markaziy Osiyoda chuchuk suv yetishmasligi mintaqa yalpi ichki mahsulotning 11 foizga kamayishiga olib kelishi mumkin.

Suv yetishmasligi, qurg‘oqchilik, suv toshqini va havo haroratining ko‘tarilishi qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligining sezilarli darajada pasayishiga sabab bo‘lishi kutilmoqda. Jahon banki asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlari (bug‘doy, kartoshka, paxta, olma) hosildorligining 40-60 foizga kamayishi mumkinligini prognoz qilmoqda”

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Jahon bankiga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun O‘zbekistonga 2060-yilga borib 46,7 milliard dollardan 59,8 milliard dollargacha investitsiyalar talab qilinadi. Ushbu investitsiyalar iqlim o‘zgarishining noqulay oqibatlarini yumshatishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

“Biroq moliyaviy cheklovlar tufayli “yashil” investitsiyalar va iqlimni moliyalashtirish mexanizmlari hisobiga iqlimni moliyalashtirishdan foydalanish imkoniyatini kengaytirish juda muhim. O‘zbekiston shunday investitsiya va texnologiyalarni jalb qilish, suv xavfsizligi va iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirish uchun mintaqadagi barcha mamlakatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha faol qadamlar qo‘ymoqda.

Zarur investitsiyalarni jalb etish uchun davlat-xususiy sheriklik (DXSH) mexanizmlaridan foydalanish ham katta ahamiyatga ega. O‘zbekistonda barqaror rivojlanish sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun zarur huquqiy sharoitlar allaqachon yaratilgan. So‘nggi yillarda DXSH faolligining o‘sishi, aralash moliyalashtirishning rivojlanishi kuzatilmoqda”.

Obid Hakimov fikricha, O‘zbekiston keyingi islohotlar davomida belgilangan maqsadlarga erishishni qiyinlashtiradigan, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq holda kuchayib borayotgan xavflarning keng paketiga alohida eʼtibor qaratishi lozim.

“Eng jiddiy xavf – bu oziq-ovqat xavfsizligi va aholi turmush darajasiga bevosita taʼsir ko‘rsatadigan va nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqamiz uchun jiddiy muammo bo‘lgan suv taʼminoti masalasi. Shu bois, islohotlarni davom ettirish jarayonida birinchi navbatda, suv, energetika va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratish ko‘zda tutilgan”, — deya xulosa qilgan Obid Hakimov.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »