Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov 4-dekabr kuni BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan “Global va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari: O‘zbekiston nuqtayi nazari” mavzusidagi brifingda nutq so‘zladi.

Brifing O‘zbekiston prezidentining BMT Bosh assambleyasining sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan 78-sessiyasida  qilgan chiqishi va tashabbuslariga bag‘ishlandi.

“Umumiy kun tartibidagi eng muhim masalalar bo‘yicha muntazam forumlar o‘tkazish orqali Samarqand tashabbusini amalga oshirish global muloqotni shakllantirish, kelishilgan yondashuv va yechimlarni izlash, ishonchni tiklash va global keskinlikni pasaytirishga munosib hissa qo‘shadi”, — dedi Abdulaziz Komilov.

Foto: “Daryo”

Bugungi kunda ishonch va o‘zaro tushunish, davlatlarning ziddiyatlarni kelishilgan va murosali yondashuvlar asosida hal qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi har qachongidan ham muhim.

Abdulaziz Komilov eslatib o‘tganidek, ana shunday sharoitda O‘zbekiston rahbari 2022-yildayoq “Umumiy xavfsizlik va farovonlik yo‘lida Samarqand birdamlik tashabbusi”ni ilgari surgan edi.

Uning mazmun-mohiyati mintaqaviy va global muammolarni birgalikda hal etish bo‘yicha muloqotni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev “Bizning asosiy maqsadimiz mamlakatlarimiz va xalqlarimizning buguni va kelajagi uchun mas’uliyatni chuqur anglash, ochiq muloqotga tayyor barcha tomonlarni global muloqot
va konstruktiv hamkorlikka jalb qilishdir” deya ta’kidlab o‘tgandi.

“O‘zbekiston mintaqaning ekologik muammolarini hal qilishga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Mamlakat Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi va Parij kelishuvi kabi xalqaro tashabbuslarda faol ishtirok etmoqda”, — dedi Abdulaziz Komilov BMTdagi brifingda.

Komilov ta’kidlaganidek, sa’y-harakatlar doirasida O‘zbekiston prezidenti sentyabr oyida BMT minbaridan turib BMT Bosh assambleyasining “Markaziy Osiyo global iqlim muammolari qarshisida: umumiy farovonlik yo‘lida birlashish” rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusi bilan chiqdi.

“Mavzuning muhimligini anglagan holda, O‘zbekiston kelasi yili Samarqandda iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, shuningdek, mintaqadagi ekologik muammolarni hal qilish bo‘yicha xalqaro iqlim forumini o‘tkazishni rejalashtirmoqda”, — dedi prezidentning maxsus vakili.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »