Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov 12-mart kuni Islom hamkorlik tashkilotining (IHT) Jidda shahridagi qarorgohida IHT bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha bilan uchrashdi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.

Foto: “Dunyo” agentligi

Suhbat davomida Husayn Ibrohim Toha so‘nggi 5 yilda Yangi O‘zbekiston musulmon davlatlari bilan aloqalarni sezilarli darajada oshirganini ta’kidlagan. Toshkentning yangi siyosati siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirishga, hamda Markaziy Osiyo barqarorligi va xavfsizligini mustahkamlash masalalariga ijobiy taʼsir ko‘rsatmoqda.

IHT bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha, shuningdek, O‘zbekiston afg‘on masalasida muhim rol o‘ynashini va Afg‘onistonga ko‘p tomonlama gumanitar hamda iqtisodiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha turli loyihalarni ilgari surish tashabbusi bilan chiqayotganini alohida qayd etgan. IHTning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekiston bilan bu davlat bo‘yicha saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish va qo‘shma choralar ko‘rish tarafdori.

Bosh kotibga respublikada konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha referendum o‘tkazilishi haqida maʼlumot berilgan. Husayn Ibrohim Toha ushbu muhim siyosiy tadbirda IHT kuzatuvchilari ishtirok etishini tasdiqladi.

Uning aytishicha, tarixiy Samarqand shahrini ko‘rish uchun Ramazon oyidan so‘ng O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »