Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ar-Riyodda O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilovning Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farhon Ol Saud bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.

Foto: “Dunyo” AA

Qayd etilishicha, muzokaralar davomida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida barcha yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli munosabatlarning istiqbollari, rejalashtirilayotgan tadbirlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Faysal bin Farhon O‘zbekiston prezidentining 2022-yil avgustida Saudiya Arabistoniga davlat tashrifi yakunlarini yuqori baholab, uning doirasida erishilgan kelishuvlar ko‘p qirrali O‘zbekiston—Saudiya aloqalari rivojini yangi bosqichga ko‘targanini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, oliy darajadagi tashrifdan so‘ng ikki davlat vazirlik va idoralari o‘rtasida o‘zaro tashrif almashuvlari jadal tus olgani Saudiya tomonidan yuqori baholanmoqda. Vazir Saudiya Arabistoni O‘zbekiston bilan barcha yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishdan davom etishidan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Faysal bin Farhonning aytishicha, “Podshohlik O‘zbekistonni mintaqadagi asosiy davlatlardan biri deb biladi, respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholaydi. O‘zbekiston rahbariyati e’lon qilgan 2023-yildagi ustuvor yo‘nalishlar, xususan, samarali davlat boshqaruvi tizimiga o‘tish, O‘zbekistonni “ijtimoiy davlat” tamoyili asosida qurish va boshqa islohotlar Saudiya Arabistoni Podshohligi manfaatlariga ham mos keladi”.

U, shuningdek, Saudiya Arabistoni O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishdagi mavjud ulkan salohiyatdan yanada samarali foydalanish hamda tomonlar uchun manfaatli bo‘lgan barcha sohalarda o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga tayyor ekanligini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni turli sohalarda mustahkamlash va rivojlantirish yo‘llari ko‘rib chiqildi, mintaqaviy va xalqaro maydondagi o‘zgarishlar hamda bu borada olib borilayotgan sa’y-harakatlar, shuningdek, ikki va ko‘p tomonlama aloqalarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »