Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

22-may kuni O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abdulaziz Komilov Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Faysal ibn Farxon ibn Abdulla bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Saudiya rasmiy axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ular suhbat davomida ikki tomonlama aloqalar hamda ikki davlat manfaatlariga taalluqli mintaqaviy va xalqaro masalalarni muhokama qilgan.

Saudiya rasmiy nashri, shuningdek, mamlakat Tashqi ishlar vazirligining Twitter’dagi sahifasida Abdulaziz Komilovning lavozimini prezidentning maxsus vakili sifatida ko‘rsatgan. Aprel oxirlarida O‘zbekiston prezidentining tegishli farmonlari bilan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri lavozimini egallab kelgan Abdulaziz Komilov O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. Shuningdek, Vladimir Norov O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan, uning zimmasiga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajarish yuklatilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »