Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fevral oyida havo haroratining pasayishi adirlardagi yashil fitomassani sovuq urishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda iqlimshunos Erkin Abdulahatov Telegram’dagi kanalida fikr bildirdi.

Erkin Abdulahatov
Foto: “Daryo”

Erkin Abdulahatovning yozishicha, qish chillasi bo‘lishiga qaramay, tog‘ etaklaridagi adirlar muddatidan ancha oldin ko‘klam, yashillikka burkanmoqda. Boychechaklar ochilib ketmoqda.

“Tuproq osti issiq, qishloq xo‘jalik yerlari, umuman adirlarda ham tuproq deyarli muzlash hodisasiga uchramadi. Oldinda fevral turibdi, fevral oyi kutilmalari meʼyoriy qish yoki undan biroz yuqori haroratlarni bersa-da, Tinch okeani markazidagi suv haroratining to‘satdan sovishi, shimoliy yarim sharda sovuq antisiklonlar masshtabini kengaytirib yubormoqda. AQSH, Kanada, Rossiya, Yevropa mamlakatlarida to‘satdan haqiqiy qorli qish manzarasi uzoqroq davom etmoqda. Fevraldagi tasodifiy sovuq havo oqimi adirlardagi yashil fitomassani sovuq urishiga, u esa keyinroq haqiqiy vegetatsiyada urug‘ tashlamaslikni keltirib chiqarishi mumkin. Bu keyingi yil uchun yomon”, deya masalani tahlil qildi iqlimshunos.

Avvalroq O‘zbekistonda qish iliq kelgani sabab mevali daraxt va sabzavotlar “uyg‘onayotgani”, agar havo keskin sovisa, ekinlar hosilsiz qolishi mumkinligi maʼlum qilingandi.

“O‘zgidromet” bo‘lim boshlig‘i Humoyun Mag‘ripovning aytishicha, qish yakunigacha 3-4 kun qor yog‘adigan, harorat 0 darajadan pastga tushadigan holatlar bo‘ladi.

“Aslini olganda, yanvar oyi sovuq kelgani yaxshi. Negaki, iliq kelgan qishning oqibatlari keyingi yil bahor va yozda bilinadi hamda u juda og‘ir asoratlarni keltirib chiqaradi. Masalan, qishloq xo‘jaligi va yaylovlar uchun og‘ir sharoit yuzaga keladi”, — dedi mutaxassis.

Iqlimshunos Erkin Abdulahatov “Daryo” muxbiri bilan suhbatda mintaqa qish oyida shimoldan kirib keladigan sovuqqa moyil ekanini aytgan.

“Bir marta bo‘lsa ham sovuq kirib kelib, havo harorati 10-15 darajagacha sovib ketishi xavfi mavjud. Agar bu yuz bersa, daraxtlar o‘z hosilidan 100 foizga ayriladi — keyingi yil hosil bermaydi. Undan asosan barg chiqadi, kamiga tezroq qarib qolishi kuzatiladi. Iqlim o‘zgarishining tibbiyot bilan qishloq xo‘jaligiga yetkazgan zarari asta-sekin bo‘y ko‘rsatadi”, — degan olim.

Shu bilan birga, iliq qish qishloq xo‘jaligida nafaqat erta vegetatsiya, mevali daraxtlarda hosilning kamayishi, balki qurt-qumursqalar va turli kasallik xavfini ham oshirishi taʼkidlangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »