Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda havoning keskin sovishi ortidan yaqin orada metan zapravkalar ish jadvaliga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 16–18-fevral kunlari mamlakat bo‘ylab havo haroratining keskin pasayishi va joylarda harorat kunduzi 3–8 daraja, kechasi 11–16 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan “Hududgaztaʼminot” birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz tabiiy gaz bilan taʼminlash choralari ko‘rilishini maʼlum qildi. Isteʼmolchilarga tabiiy gazni bir maromda yetkazib berish maqsadida respublika bo‘yicha 262 ta avariya brigadalari shay holatga keltirilgan.

Sovuq kunlarda gaz isteʼmolining ortishi munosabati bilan, AGTKSHlarda navbatlar va noqulayliklar yuzaga kelishining oldini olish maqsadida “Hududgaztaʼminot” haydovchilardan o‘z avtomobillarini yonilg‘i bilan taʼminlab olishlarini so‘radi.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda mamlakatdagi barcha AGTKSHlar 24 soatlik rejimda faoliyat yuritmoqda, biroq yaqin orada mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda ularning ish grafigiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »