Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘zgidromet” tezkor gidrometeorologik axborot e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unda aytilishicha, 16-fevral kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 17—19-fevral kunlari respublikaning barcha hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

16-fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17—19-fevralda O‘zbekiston hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanadi) kuzatiladi, 17—18-fevralda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ba’zi joylarida kuchli bo‘ladi.

16—18-fevralda respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

18—19-fevral kunlariga kelib, O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati kechalari 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi. Shimolda 17—19-fevral kunlari harorat kechalari 13-16 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-8 daraja sovuqqacha pasayadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »