Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonning barcha hududlarida 12—15-fevral kunlari fevral oyi o‘rtasi uchun quruq va juda iliq bo‘lgan ob-havo saqlanib turadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Harorat 12—13-fevral kunlari kechalari 3-8 daraja iliq, kunduz kunlari 12-17 daraja iliq bo‘ladi. 14—15-fevralda bundan ham yuqori — kechalari 5-10 daraja iliq, kunduz kunlari 19-24 daraja iliq bo‘ladi. Qayd etilishicha, bunday harorat foni fevral oyi o‘rtasi uchun bo‘lgan meʼyoriy qiymatlardan 10-12 darajaga yuqoridir.

Quruq ob-havo O‘zbekiston hududining katta qismida 16-fevral kuni ham saqlanib turadi. Havo harorati kunduzi 15-20 darajagacha pasayadi.

Faqat O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga 16-fevralda kelib chiqishi arktik bo‘lgan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida baʼzi joylarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.

Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 15—16-fevralda baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 23-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Respublikaning tog‘li hududlarida 12-fevral kuni qor ko‘chishi xavfi bor.

Toshkentda 12—16-fevral kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 12—13-fevralda kechalari 3-8 daraja iliq, kunduz kunlari 12-17 daraja iliq, 14—15-fevralda kechalari 5-10 daraja iliq, kunduz kunlari 19-22 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »