Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 2024-yilning fevral oyi odatdagidan biroz iliqroq bo‘ladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, o‘rtacha oylik havo harorati me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda me’yordan 1-1,5 darajaga yuqori bo‘lib, 2-4 daraja iliqni, shimolda 2 daraja sovuq-1 daraja iliqni, janubda 6-8 daraja iliqni tashkil etadi.

Fevral oyining boshi nisbatan sovuq bo‘ladi. Birinchi besh kunlikda havo harorati asosan kechalari 0-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 2-7 daraja iliq, ba’zi joylarda 0-2 daraja sovuqqacha bo‘ladi.

Yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik 1-fevral va 4-fevral kunlari respublikaning markaziy va sharqiy viloyatlarida, 3-fevralda janubiy viloyatlarida bo‘lib o‘tadi.

Ikkinchi besh kunlikda harorat kechalari 0-5 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqqacha ko‘tariladi. 7—8-fevral kunlari asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.

Keyinchalik, oyning oxirigacha, harorat kechasi 2-7 daraja iliqdan 2-7 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 13-18 daraja iliqdan 2-7 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 0-5 daraja iliqdan 7-12 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 11-16 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.

Fevral oyida yog‘ingarchilik miqdori me’yordan kam, ba’zi joylarda me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »