Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘zgidromet” 31-yanvar, chorshanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-3 daraja sovuq, kunduzi 1-3 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda biroz qor yog‘adi, tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekund gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-16 daraja, kunduzi 1-6 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent,  Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda biroz qor yog‘adi, tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekund gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »