Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘zgidromet” hafta davomida kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, 29-yanvar, dushanba kuni O‘zbekiston hududi nam va nisbatan sovuq havo massalari taʼsiri ostida bo‘ladi, respublika bo‘yicha asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatiladi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. Baʼzi joylarda shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Kunduzgi havo harorati oldingi kunga nisbatan pasayadi va 2-7 daraja iliqdan yuqori bo‘lmaydi, respublika shimolida 3-5 daraja sovuq bo‘ladi.

30-yanvar, seshanba kuni respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik jadalligi va ehtimoli kamayadi. Ko‘pchilik viloyatlarning baʼzi joylarida qor ko‘rinishidagi biroz yog‘ingarchilik, sharqiy hududlarda esa (Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida) asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Faqat respublikaning janubida shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuqni, kunduzi 2-7 daraja iliqni, shimolda kechasi 8-13 daraja sovuqni, kunduzi 0-5 daraja sovuqni tashkil etadi.

31-yanvar—1-fevralda respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq, shimolda kechalari 10-15 daraja sovuq, kunduz kunlari 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.

Ushbu ish haftasi davomida respublika bo‘yicha baʼzi joylarda tuman kuzatiladi.

29-yanvardan 31-yanvargacha Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Toshkentda 29-yanvar kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Havo harorati kunduzi 5-7 daraja iliqni tashkil etadi. Seshanba va chorshanba kunlari biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanadi) bo‘lishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi.

Havo harorati 30-yanvarda kechasi 1-3 daraja iliq, kunduzi 4-6 daraja iliq, 31-yanvarda kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 3-5 daraja iliq bo‘ladi.

1-fevralda asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 1-3 daraja sovuqni, kunduzi 3-5 daraja iliqni tashkil etadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »