Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘zgidromet” 16-fevral kuni kelib chiqishi arktik bo‘lgan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi haqida xabar qilgandi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi ekinlarini sovuqdan asrash bo‘yicha maslahat va tavsiyalar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qishloq xo‘jaligi sohasida yetishtirilayotgan ekin hamda o‘simliklarni qisqa muddatli qattiq sovuqdan asrash va betalafot o‘tish bo‘yicha vazirlik maslahat va tavsiyalari quyidagilardan iborat:

  • o‘rab qo‘yish. Iloji bo‘lsa, daraxtlar va o‘simliklarni sovuq urishi va qordan himoya qilish uchun maxsus materiallar (mato, plyonka, kraft-qog‘oz, spanbond) bilan yopish tavsiya etiladi. Bu gullaydigan kurtaklarni qisqa muddatli qattiq sovuqdan saqlab qolishga yordam beradi;
  • ozuqa moddalari bilan sug‘orish. Sovuq havo massasi kirib kelishidan oldin daraxtlar yetarli darajada namlik va ozuqa olgan bo‘lishiga ishonch hosil qilish. Odatda suvga va foydali moddalarga to‘yingan daraxtlar past haroratlarga ko‘proq chidamli bo‘ladi;
  • mulchalash. Ekinlar ildiz zonasini maxsus ozuqa moddalar bilan qoplash tuproqdagi issiqlik va namlikni saqlab qolishga yordam beradi, bu esa ildizlarni sovuqdan himoya qiladi;
  • shikastlangan shoxlarni kesib tashlash. Qor og‘irligi ostida ba’zi shoxlarni sinishi yoki sovuq urishi xavfini kamaytirish uchun qurib qolgan yoki shikastlangan novdalarni kesib tashlab, kesilgan joyga mis sulfatning suvli eritmasi (1 litr suv uchun 1 choy qoshiq modda) bilan ishlov berish mumkin;
  • shamoldan himoya qilish. Imkoniyat bo‘lsa, daraxtlar va o‘simliklar atrofida vaqtinchalik shamol to‘siqlarini yaratish. Bu to‘siqlar ekinlarni yelvizakdan asrashga yordam beradi.

EastFruit mutaxassislariga ko‘ra, havoning sovishi mart oyida ushbu mamlakatlarning janubiy hududlarida yig‘ib olinadigan piyoz, karam va sabzi kabi ertapishar sabzavotlarning hosiliga tahdid soladi. Bundan tashqari, donli mevalar va yong‘oqlar hosilining bir qismi ham xavf ostida qoladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »