Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 2022-yil qishida kuzatilgan anomal sovuq mamlakat qishloq xo‘jaligi uchun foydali bo‘lgan. Bu haqda iqlimshunos Erkin Abdulahatov “AzonTV” loyihasidagi suhbatda aytib o‘tdi.

Erkin Abdulahatov
Foto: “Daryo”

Erkin Abdulahatovning taʼkidlashicha, anomal sovuq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun xavf tug‘diradigan zararkunanda hasharotlar o‘limida muhim rol o‘ynagan.

“Qishning iliq bo‘lishi yomon. El–Ninyo hodisasi qishni iliq qiladi. Anomal sovuq kirib kelishi kamayib ketadi. Sovuqning ham o‘ziga yarasha kerakli jihatlari bor. Masalan, hozir ko‘pchiligimiz sezmayapmiz, o‘tgan yilgi anomal sovuq bizga oxirgi 5-6 yillikdagi misli ko‘rilmagan istiqbolli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini berdi. So‘ngi paytlarda pomidorlarda “o‘rgimchak kana” degan hasharot bo‘lardi. Avvalgi yillar qish iliq kelayotgani hisobiga u zararkunandalar o‘lmayotgandi. Kartoshkaga zarar yetkazadigan qo‘ng‘iz bilan ham kurashardik. Qishda sovuq bo‘lgani uchun hozirgi kunlar o‘sha zararkunandalarsiz o‘tyapti. O‘riklar ham rekord darajada serhosil bo‘ldi. Umuman olganda, sovuq harorat qishloq xo‘jaligida juda yaxshi effekt berdi”, — dedi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2022-yilning yanvarida so‘ngi 20 yillikdagi eng sovuq havo harorati (–20 darajagacha) kuzatilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »