Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qishloq xo‘jaligi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda yaqin kunlarda havo sovishi oqibatida piyoz narxi ko‘tarilishi yuzasidan tarqalgan xabarlar bo‘yicha munosabat bildirdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

17—20-fevral kunlari mamlakat hududida ob-havo harorati tushib, sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda mazkur sovuq to‘lqinning piyoz narxi ko‘tarilishiga sabab bo‘lishi haqida asoslanmagan xabarlar tarqalmoqda.

Qayd etilishicha, mamlakat hududida kutilayotgan sovuqning agrar sohadagi barcha tarmoqlarga salbiy taʼsirining oldini olish maqsadida zarur-chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

“Shuni ham alohida aytib o‘tish kerakki, piyozning 2023-yil hosilidan aholi isteʼmoli uchun yetarlicha zaxira tayyorlangan va ular omborlarda mo‘tadil havo haroratida saqlanmoqda. Buning isbotini esa bozorlarimizda anchadan buyon 1 kg piyoz (hududlardan kelib chiqqan holda) 2500 so‘mdan — 3500 so‘mgacha bo‘lgan turg‘un narxlarda sotilayotganidan ham bilish mumkin.

2024-yil hosili uchun to‘qsonbosti usulida tayyorlanayotgan piyoz va sarimsoqpiyozlarga esa bu sovuq deyarli taʼsir ko‘rsatmaydi”, — deyiladi munosabatda.

Taʼkidlanishicha, avgust—sentyabr va noyabr—dekabr oylarida ekilgan piyoz 2-3 marta sug‘orilgan va 25-30 sm o‘sib, qishlashga kirgan. Ularning ildiz sistemasi yaxshi rivojlangani sababli sovuq o‘z taʼsirini ko‘rsatish ehtimoli juda past darajada bo‘ladi. Bundan tashqari, to‘qsonbosti ekinlari o‘z nomi bilan qishning to‘qson kunida qor bosib turishini inobatga olgan holda shunday nomlangan.

Maʼlumotga ko‘ra, respublika bo‘yicha 2024-yil hosili uchun barcha toifa xo‘jaliklarda avgust—sentyabr oylarida 64 ming gektar, noyabr—dekabr oylarida to‘qsonbosti usulida 82,8 ming gektar maydonda piyoz ekinlari ekilgan.

“To‘qsonbosti usulidagi piyoz va boshqa ekinlarni ekish, zarur agrotexnik tadbirlarini o‘tkazish hamda sovuqdan asrab qolish bo‘yicha olimlarning ilmiy tavsiyalari ishlab chiqilib, joylarga yetkazilgan. Xulosa sifatida aytish mumkinki, piyoz narxi oshishi haqida tarqatilgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »