Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda so‘nggi ikki hafta ichida piyozning ulgurji narxlarida biroz o‘sish tendensiyasi kuzatildi. Bu haqda EastFruit tahlilchilari xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Xususan, 2024-yil yanvar oyi o‘rtalaridan boshlab piyoz narxi 28 foizga yoki kilogramm uchun 4 AQSH sentiga oshgan. Shunga qaramay O‘zbekistonda piyoz narxi o‘tgan yilgidan roppa-rosa to‘rt baravar arzon, shuningdek, o‘rim-yig‘im davridagidan ham pastroq. Shuning uchun piyozning hozirgi narxi ulgurji sotuvchiga pul ishlashga imkon bermaydi.

Bozor ishtirokchilarining fikricha, so‘nggi haftalarda piyoz narxining oshishiga Yevropa Ittifoqiga mahsulot eksporti hajmining oshishi sabab bo‘lmoqda. Polshada ulgurji bozorlarda O‘zbekistondan ko‘plab piyoz sotilmoqda, bu esa ushbu mamlakatda ichki narxlarni ushlab turishga yordam beradi.

Qayd etilishicha, Polsha va O‘zbekiston bozori o‘rtasidagi ulgurji piyoz narxidagi farq hozirda mahsulotni eksport qilish xarajatlarini qoplash uchun yetarli darajada emas. Ammo bozor ishtirokchilarining aytishicha, mahsulotlarni tashish uchun davlat subsidiyalari bu muammoni hal qilishga yordam beradi.

Bundan tashqari, Polshadagi savdo manbalarining xabar berishicha, Belarus vositachilari piyoz savdosida faol ishtirok etib, O‘zbekiston va Tojikistondan piyoz sotib olib, ularni Polshaga juda jozibador narxda sotmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning yanvar—noyabr oylarida O‘zbekiston 12 ta xorijiy davlatdan qiymati 11,4 million dollarga teng bo‘lgan mandarin import qilgan. Eng ko‘p mandarin import qilingan davlatlar ro‘yxatida Pokiston birinchi, Turkiya ikkinchi o‘rinda — 3,6 ming tonna. Mamlakatdan noyabrda 500 tonna mandarin olib kelingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »