Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Iqtisodiyot va moliya vazirligi Toshkent shahrida joylashgan “Qo‘yliq” va “Chorsu” dehqon bozorlaridagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 22-noyabrdagi ulgurji narxlari haqida maʼlumot berdi.

Vazirlik o‘rganishlariga ko‘ra, bugun “Chorsu”da mol go‘shtining kilosi 60 000 – 70 000 so‘mdan, qo‘y go‘shti 65 000 – 70 000 so‘mdan sotilmoqda.

Lazer guruchining kilosini 18 000 – 25 000 so‘mdan, no‘xatni 18 000 – 20 000 so‘mdan, qizil loviyani 14 000 – 17 000 so‘m, moshni 10 000 – 12 000 so‘mdan xarid qilish mumkin.

“Qo‘yliq”da kartoshkaning bir kilosi 1 700 – 4 200 so‘m, piyozniki 1 200 – 2 000 so‘m, sabzi esa 1 000 – 2 500 so‘m.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Mazkur bozorda bundan bir hafta ilgari bulg‘or qalampirining kilosi 2 000 so‘mdan 8 000 so‘mgacha sotilgan bo‘lsa, bugun mahsulotning yuqori narxi 20 000 so‘mgacha ko‘tarilgan.

Foto: “Daryo” / Umidjon Mamarasulov

Shu bilan birga, qovun narxida ham keskin o‘sish kuzatilmoqda. Mazkur poliz ekinining donasi o‘tgan chorshanbada 10 000 – 25 000 so‘m sotilgan edi, bugungi narxi esa 50 000 so‘mgacha (2 barobar) oshgan.

Yetti kun oldin anor mevasining kilosi maksimum 35 000 so‘mgacha sotilgan bo‘lsa, bugun bu narx 50 000 so‘mga yetdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ananasning yuqori narxi 40 000 so‘mdan 55 000 so‘mga, kiviniki 15 000 so‘mdan 20 000 so‘mgacha ko‘tarildi.

Avvalroq uzumning maksimal narxi 45 000 so‘mdan 90 000 so‘mgacha oshgani xabar qilingandi va hozir ham mazkur narx saqlanib qolgan.

Bodring narxida biroz pasayish kuzatilgan bo‘lib, o‘tgan haftadagi 20 000 – 25 000 so‘mdan bugungi 16 000 – 23 000 so‘mga tushgan. Nok narxining kilosi ham 19 000 – 40 000 so‘mdan 15 000 – 35 000 so‘mga pastlagan.

Pomidorning maksimum narxi o‘zgarmagan – kilosi 25 000 so‘m. Bahosi o‘zgarmagan mevalardan bananning kilosi 18 – 23 ming so‘m, olma 4 000 – 18 000 so‘m. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »