Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Qo‘yliq” va “Chorsu” dehqon bozorlarida sotilayotgan 28 turdagi meva, sabzavot, guruch mahsulotlari, mol va qo‘y go‘shtining 15-noyabrdagi ulgurji narxlari haqida maʼlumot berdi.

O‘rganishlarga ko‘ra, “Qo‘yliq”da bodring mahsulotining minimal narxi 5 baravargacha oshdi. Yaʼni 13-noyabr kuni bir kilo bodring 4 000-9 000 so‘mdan sotilgan bo‘lsa, 15-noyabrda bu ko‘rsatkich 20 000-25 000 so‘mgacha ko‘tarilgan.

Vazirlik narxlarni eʼlon qilishni oktyabr oyi o‘rtalarida boshlagan bo‘lsa, oradan o‘tgan bir oy davomida “Chorsu”dagi mol va qo‘y go‘shtlarining narxlari o‘zgarmagan. Jumladan, mol go‘shtining kilosi 60 000-70 000 so‘m, qo‘y go‘shti esa 65 000-70 000 so‘mdan sotilmoqda.

Mazkur bozorda Lazer guruchi narxi ham o‘zgarishsiz — kilosi 18 000-25 000 so‘m oralig‘ida, no‘xat 18 000-20 000 so‘mdan, qizil loviya 15 000-17 000 so‘m, mosh 10 000-12 000 so‘mdan savdo qilinyapti.

“Qo‘yliq”da kartoshkaning bir kilosi narxi 1 700-4 000 so‘m, piyoz 1 200-2 000, sabzi 1 000-2 000 so‘mdan sotilmoqda.

Sabzavotlardan pomidorning kilosi 5 000 so‘mdan 25 ming so‘mgacha, bulg‘or qalampiri 2 000-4 000 so‘m, baqlajon 1 800-2 000 so‘m.

Mevalardan uzum eng yuqori narxlarda sotilmoqda. Ushbu mevaning ulgurji hisobda eng minimal narxda 25 000 so‘mdan, yuqori narxda esa 90 000 so‘mdan xarid qilish mumkin. Bananning kilosi 18-23 ming so‘m, olma 4 000-18 000 so‘m, nok 19 000-40 000 so‘m (narxi o‘zgarmagan). Anor 7 000-35 000 so‘mdan, limon 10 000 -30 000 so‘mdan sotilyapti.

Avvalgi xabarlarda uzum narxi keskin oshgani, pomidor va anor narxlarida ham o‘sish kuzatilgani maʼlum qilingandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »