Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Qo‘yliq” va “Chorsu” dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 6-noyabrdagi ulgurji narxlari haqida maʼlumot berdi.

Vazirlik axborotiga ko‘ra, “Chorsu”da mol go‘shtining bir kilosi 60 000 so‘mdan 70 000 so‘mgacha, qo‘y go‘shti 65 000–70 000 so‘m sotilmoqda. Mazkur bozorda Lazer guruchining kilosini 18 000–25 000 so‘m oralig‘ida, no‘xatni 18 000–20 000 so‘mdan, qizil loviyani 15 000–17 000 so‘m, moshni 10 000–12 000 so‘mdan xarid qilish mumkin.

“Qo‘yliq”da kartoshkaning kilosi 1 700–4 000 so‘m, piyoz va sabzi 1 200–2 200 so‘mdan ulgurji narxlarda sotilmoqda. Sabzavotlardan bodring kilosi 4 000–9 000 so‘m, pomidor 5 000–20 000 so‘m, bulg‘or qalampiri 2 000–4 000 so‘m, baqlajon 1 800–2 500 so‘m.

Mevalardan bananning kilosi 18–23 ming so‘m, olma 4 000–18 000 so‘m, nok 19 000–40 000 so‘m, uzum 8 000–45 000 so‘mdan, anor 10 000–23 000 so‘mdan sotilmoqda.

Vazirlik “Qo‘yliq” bozorida 28 turdagi meva, sabzavot, dukkakli va guruch mahsulotlari narxlari bo‘yicha maʼlumotlar ertalab soat 5:00 dan 7:00 ga qadar o‘rganilganini qayd etgan. “Chorsu” bozorida mol va qo‘y go‘shti narxlari bo‘yicha maʼlumotlar ertalab soat 5:00 va 8:00 oralig‘ida yig‘ilgani eslatilgan.

Maʼlumot uchun, vazirlik yuqoridagi ikki bozorda sotilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlarini eʼlon qilishni joriy yilning oktabr oyi yarmidan qayta tikladi. Dastlabki, salkam bir oy avval eʼlon qilingan maʼlumotda ham go‘shtning ulgurji narxlari 60 000–70 000 so‘m bo‘lgani keltirilgan. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »