Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Qo‘yliq” va “Chorsu” dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 13-noyabrdagi ulgurji narxlari haqida maʼlumot berdi.

Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Bunda pomidorning maksimal narxi o‘tgan haftadagisidan 5 000 so‘m qimmaroq (avvalgi narx 20 000 so‘m edi) ekanini ko‘rish mumkin. Yaʼni “Qo‘yliq”da bir kilo pomidor 25 000 so‘mgacha bo‘lgan narxda sotilmoqda.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Vazirlik axborotiga ko‘ra, bir hafta davomida “Chorsu”da mol va qo‘y go‘shtlarining narxlari o‘zgarmagan — mol go‘shtining kilosi 60 000–70 000 so‘m, qo‘y go‘shti 65 000–70 000 so‘m sotilmoqda. Mazkur bozorda Lazer guruchining kilosini 18 000–25 000 so‘m oralig‘ida, no‘xatni 18 000–20 000 so‘mdan, qizil loviyani 15 000–17 000 so‘m, moshni 10 000–12 000 so‘mdan xarid qilish mumkin.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Qo‘yliq”da kartoshkaning bir kilosi narxi 200 so‘m qimmatlab, maksimum 4 200 so‘mdan sotilmoqda. Shu bilan birga, piyozning kilosi 1 200–2 200, sabzi 1 200–2 000 so‘m.

Sabzavotlardan bodring kilosi 4 000–9 000 so‘m, bulg‘or qalampiri 2 000–4 000 so‘m, baqlajon 1 800–2 000 so‘m.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Mevalardan bananning kilosi 18–23 ming so‘m, olma 4 000–18 000 so‘m, nok 19 000–40 000 so‘m (narxi o‘zgarmagan). Ammo uzum va anor narxlari qimmatlashgani ko‘rinadi. Masalan, o‘tgan hafta uzumning kilomi maksimum 45 000 so‘mgacha, anor esa 23 000 so‘mgacha sotilgandi. Bu hafta boshida esa uzumning kilosi 90 000 so‘mgacha ko‘tarildi, anor narxi 35 000 so‘mgacha chiqdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Vazirlik “Qo‘yliq” bozorida 28 turdagi meva, sabzavot, dukkakli va guruch mahsulotlari narxlari bo‘yicha maʼlumotlar ertalab soat 5:00 dan 7:00 ga qadar o‘rganilganini qayd etgan. “Chorsu” bozorida mol va qo‘y go‘shti narxlari bo‘yicha maʼlumotlar ertalab soat 5:00 va 8:00 oralig‘ida yig‘ilgani eslatilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »