Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda Yangi yil bayramidan keyin olma narxining oshishi kuzatildi — odatda bu davrda talab kamayar edi. Bu haqda EastFruit tahlilchilari ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Xususan, 2024-yil yanvar oyining birinchi haftasida olma ulgurji narxlari o‘rtacha 20 foizga oshgan va 2023-yilning shu davriga nisbatan 29 foizga yuqori bo‘lgan. Ayniqsa, Golden Delicious olmasi narxi keskin, bir hafta ichida 40 foizga ko‘tarilgan. Shu tariqa, ushbu olma navining narxi O‘zbekiston bozorida tobora ommalashib borayotgan olmaning “Gala” naviga tenglashdi.

Eng mashhur va arzon yangi yil mevasi — mandarin ham qimmatlashdi. Bir hafta davomida mandarin ulgurji narxi 13 foizga oshgan, biroq bu meva hali ham nisbatan arzon — bir kilogramm ulgurji sotuvda o‘rtacha 9 ming so‘mdan sotilmoqda, bu bir kilogramm uchun 0,73 dollarga teng.

Taqqoslash uchun, eng arzon olma navlarining 1 kilogrammi 10 ming so‘m yoki 0,81 dollar, Golden Delicious navi esa 14 ming so‘m yoki bir kilogrammi 1,14 dollardan sotilmoqda.

“E’tiborli jihati so‘nggi 12 yil ichida intensiv olma bog‘lariga ko‘p millionlab investitsiyalar kiritilganiga qaramay, O‘zbekiston olma importchisi bo‘lib qolmoqda va bu mevalarni mamlakatga import qilish hajmi o‘sishi kutilyapti”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning yanvar—noyabr oylarida O‘zbekiston 12 ta xorijiy davlatdan qiymati 11,4 million dollarga teng bo‘lgan mandarin import qilgan. Eng ko‘p mandarin import qilingan davlatlar ro‘yxatida Pokiston birinchi, Turkiya ikkinchi o‘rinda — 3,6 ming tonna. Mamlakatdan noyabrda 500 tonna mandarin olib kelingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »