Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda apelsin, mandarin hamda limon narxi keskin tushib ketdi, deb xabar bermoqda EastFruit portali.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, o‘tgan hafta davomida O‘zbekistonda apelsinning ulgurji narxi 30 foizga pasaydi. Bu 2023-yilning o‘tgan davrida ushbu mahsulot narxining haftalik eng katta o‘zgarishi bo‘ldi. Bundan tashqari, so‘nggi ikki haftada mahalliy ishlab chiqarilgan limon narxi keskin tushib ketdi, mandarin narxi esa ketma-ket to‘rtinchi hafta pastlamoqda.

10-noyabrdan 17-noyabrgacha O‘zbekistonda apelsinning o‘rtacha ulgurji narxi 1 kilogramm uchun 23 ming so‘mdan 16 ming so‘mga pasaygan. Bu mevaning joriy ulgurji narxlari o‘tgan yil va 2021-yilning shu sanasiga nisbatan 20 foizga past bo‘ldi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘tgan haftada mandarin narxi ham arzonlashdi. 10-noyabrdan 17-noyabrgacha bu mevaning o‘rtacha ulgurji narxi 20 ming so‘mdan 17 ming so‘mgacha (1,63 dollardan 1,39 dollargacha) pasaydi. Ya’ni, bir hafta ichida 15 foizga arzonlashdi.

O‘zbekistonda mandarin narxi ketma-ket to‘rtinchi hafta pasayib borayotgani hisobga olinsa, 20-oktyabrdan 17-noyabrgacha o‘rtacha ulgurji narx 29 ming so‘mdan 17 ming so‘mgacha ya’ni o‘tgan oyda 41 foizga pasaygan.

Shu bilan birga, mandarinlarning joriy ulgurji narxlari o‘tgan yilning shu sanasida qayd etilgan narxlar darajasida va 2021-yilning shu sanasiga nisbatan 31 foizga yuqori.

So‘nggi ikki haftada mahalliy yetishtirilgan limon narxi ham keskin tushib ketdi, shu davrda Toshkent bozorlarida chakana narxlar o‘rtacha 1,5 barobarga arzonlashdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘z navbatida, bu ichki bozorda mahalliy limon yetkazib berishning bosqichma-bosqich o‘sishi bilan bog‘liq, chunki mamlakat issiqxona xo‘jaliklarida ushbu mahsulotlarni yig‘ib olish faol bosqichga o‘tmoqda.

17-noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda yetishtirilgan limonning Toshkent bozorlarida o‘rtacha chakana narxi 1 kilosi uchun 25 ming so‘m atrofida.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »