Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qishloq xo‘jaligi vazirligi noyabr oyida bodring va uzum narxi ko‘tarilishi bo‘yicha ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Xabarga ko‘ra, bugungi kunda ochiq dalalarda yetishtirilgan bodring hosili yig‘ishtirib olinib, iste’molchilarga yetkazib berildi. Ochiq dalalarda yetishtirgan mahsulotlarning narxi mavsumda 1 kg uchun o‘rtacha 1,5-2,0 ming so‘mni tashkil qildi. Oldingi yillarda ham noyabr oyi o‘rtalariga kelib bodring narxi o‘sishi kuzatilgan. Jumladan 2021-yilda oldinga oylarga nisbatan noyabrda 1,3 barobarga, 2022-yilda 1,9 barobarga oshgan. 

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-oktyabrdagi 567-sonli qarori qabul qilinib, issiqxonalarga kafolatlangan tabiiy gaz yetkazib berish belgilangandan so‘ng issiqxonalarda ekin ekish ishlari boshlandi. Issiqxonada yetishtirilayotgan mahsulotlar noyabr oyi 3 dekadasi va dekabr oyi boshidan terimi boshlanishi bilan ichki bozorda narxlar barqarorlashishi prognoz qilinmoqda. 

Ko‘p yillik monitoring kuzatishlarga ko‘ra, noyabr-dekabr oylarida uzum mahsulotlari saqlash uchun joylashtirilishi oqibatida unga bo‘lgan narxlarning oshishiga olib keldi. Xususan, 2022-yilning noyabr oyi narxi oktyabrga nisbatan 111,5 foizga oshgan bo‘lsa, joriy yilda mos ravishda bu ko‘rsatkich 119 foizga o‘sgan.

Jumladan, mahsulot navi bo‘yicha husayni 15 - 25 ming so‘m, toyfi 15-20 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, ichki va tashqi bozorda xaridorgir bo‘lgan rizamat ota, mersedes kabi navlariga talab oshgan (1 kg 90 ming so‘m atrofida).

“Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxlari oshishi bilan bog‘liq vaziyat tabiiy holat bo‘lib, bu qish mavsumi uchun issiqxonalarda bir muddat tayyorgarlik ishlari natijasida yuzaga kelgan”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »