Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kuzatishlarga ko‘ra, 2023-yil hisobidan O‘zbekiston dehqon bozorlarida uzum narxi ko‘tarilgan. Buni kimdir qishning o‘ta sovuq kelgani bilan, yana kimdir eksport ko‘paygani bilan bog‘lamoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Daryo” muxbiri Toshkent shahridagi bozorlarda bo‘lib, uzum narxlarini o‘rgangan edi. Bozorda 23 yildan buyon savdo qilib keluvchi Sharifa Mashrapovaning aytishicha, o‘tgan yillarda uzum bunchalik darajada qimmat bo‘lmagan. Yana bir sotuvchi Shahram Tursunaliyevning aytishicha, uzum narxi teng baravarga qimmatlagan, sotuvda esa uzum 4-5 baravarga kamaygan.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi mazkur xabarlar ortidan o‘rganish olib bordi. Maʼlum qilinishicha, vaziyatga oydinlik kiritish hamda bu yilgi uzum hosili haqida maʼlumot olish uchun dastlab Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutiga borilgan. 

Uzumchilik va mikro-vinochilik bo‘limi boshlig‘i, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori O‘tkir Ochildiyevning taʼkidlashicha, bugungi kunda respublikada 1820 ta uzum nav kolleksiyasi mavjud bo‘lib, shulardan 200 tasi mahalliylashtirilgan, xususan 49 tasi Davlat Reyestridan o‘rin olgan. Respublikada 2021-yil holatiga ko‘ra, uzum yetishtirish bo‘yicha 157 ming gektar maydon mavjud edi. Uzumchilikda olib borilayotgan islohotlar natijasida ushbu mevaning sifatli va eksportbop navlarini ko‘paytirish uchun unga ajratiladigan maydonni kengaytirish yaʼni tokzorlar 2025-yilgacha 307 ming gektar bo‘lishi rejalashtirilgan.

“O‘rganishlarimiz natijasida mahalliy kishmish navli qora uzum narxi — 15-25 ming so‘m atrofida, Husayni uzumlari esa 20-40 ming so‘mgacha ekanligiga amin bo‘ldik. Shuningdek, Avatar navli uzumning 1 kilosi 35 ming so‘mdan 70-80 ming so‘mgacha, Mersedes navli uzumning narxi 30 ming so‘mdan 70 ming so‘mgacha ekanligiga guvoh bo‘ldik”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »