Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kuzatishlarga ko‘ra, 2023-yil hisobidan O‘zbekiston dehqon bozorlarida uzum narxi ko‘tarilgan. Buni kimdir qishning o‘ta sovuq kelgani bilan, yana kimdir eksport ko‘paygani bilan bog‘lamoqda.

“Daryo” muxbiri Toshkent shahridagi bozorlarda bo‘lib, uzum narxlarini o‘rgandi.

Bozorda 23 yildan buyon savdo qilib keluvchi Sharifa Mashrapovaning aytishicha, o‘tgan yillarda uzum bunchalik darajada qimmat bo‘lmagan.

Sharifa Mashrapova
Foto: "Daryo" / Ilhom Hursanaliyev

“O‘tgan, 2022-yilda uchumning kilosini 25-30 ming so‘mdan olgan bo‘lsak, bu yil esa 40-45 ming so‘mdan olyapmiz. Bugun ulgurji bozordan Rizamat navli uzumni 50 ming so‘mdan oldim, uni ustiga 5 ming so‘mdan qo‘yib sotyapman.

Dehqonlar qish sovuq bo‘lgani bois uzumni sovuq urib ketgani, toklarda uzum yo‘q bo‘lgani uchun narxlar nioyatda qimmat ekanligini aytishyapti.

Bugun ulgurji bozordan Rizamat navli uzumning kilosini o‘rtacha 80 ming so‘mdan olyapmiz. Eng arzon Husayini navli uzumni esa 15-18 ming so‘mdan sotib olyapmiz. Ketmon, Kelin barmoq navli uzumlarning kilosini 30 ming so‘mdan olib ustiga 5 ming so‘m qo‘yib sotdim”, — dedi Sharifa Mashrapova.

Yana bir sotuvchi Shahram Tursunaliyevning aytishicha, uzum narxi teng baravarga qimmatlagan, sotuvda esa uzum 4-5 baravarga kamaygan.

Shahram Tursunaliyev
Foto: "Daryo" / Ilhom Hursanaliyev

“Bozorda 8 yildan buyon sotuvchilik qilaman. Uzum bu yil kamroq. Shuni hisobidan qimmat. Rizamat navli uzumlar yo‘q hisobi. Qimmatligi uchun xaridorlar tomonidan sotib olish susaygan. Har yili kuniga 10-15 yashik uzum sotgan bo‘lsam, bu yil esa zo‘rg‘a 3-4 yashik uzum sotilyapti.

Rizamat navli uzumning narxi bir kilo go‘sht narxiga chiqdi. Uzum naviga qarab 30 ming so‘mdan 100 ming so‘mgacha sotilyapti. Eng qimmat uzum ulgurchi bozorning o‘zida 180-200 ming so‘mdan berilyapti. Uni faqat buyurtma qilinsa, olib kelib beramiz”, — dedi sotuvchi.

Asli farg‘onalik sotuvchi Ziyodullo Tursunov ham o‘tgan yilgi uzum hosili ko‘p bo‘lgani, bu yil esa sovuq urishi hisobiga kamroq ekanini taʼkidladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »