Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston 2023-yilda o‘rikning rekord hosilini yig‘ib olishi mumkin. Bu haqda EastFruit tahliliy platformasi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, bu o‘z navbatida, o‘rik eksporti hajmining o‘sishiga va O‘zbekistonning ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha jahon yetakchilari safiga qaytishiga yordam beradi.

Hozirgi kunda mamlakatda o‘rik narxi tarixan past darajada. Bundan past ko‘rsatkich koronavirus pandemiyasi tufayli eksport vaqtincha to‘xtatilgan 2020-yilda qayd etilgan. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, mavsumning dastlabki ikki oyida O‘zbekiston o‘rik eksporti bo‘yicha rekordni takrorlashga muvaffaq bo‘ldi va 40 ming tonnaga yaqin mahsulotni tashqi bozorlarga sotdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,4 baravarga ko‘pdir.

Shuningdek, O‘zbekiston mavsum davomida kamida 65-70 ming tonna o‘rikni tashqi bozorlarga sotishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Maʼlum sharoitlarda eksport hajmi hatto 75 ming tonnadan oshishi ham mumkin.

Taʼkidlanishicha, Ispaniyaning o‘rik eksporti hajmi 2023-yilda 60 ming tonnadan oshmaydi. Italiyaning imkoniyatlari esa qariyb 45 ming tonnani tashkil qilishi mumkin. Turkiyaning yangi pishgan o‘rik eksporti birinchi marta 100 ming tonnadan ortishi mumkin. Bu davlat Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O‘zbekistondan ham ko‘p miqdorda arzon quritilgan o‘riklarni xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu bois mahsulot eksportining muhim qismini yangi pishgan o‘rik tashkil etadi.

O‘zbekiston mavsum yakuni bo‘yicha jahon bozorida yangi o‘rik eksporti reytingida ikkinchi o‘rinni egallashi, avvalambor, 2023-yilda Italiya va Ispaniyada o‘rik hosili kutilganidan ancha kamligi va so‘nggi yillardagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan past ekani bilan bog‘liq.

“O‘zbekiston ayni paytda Italiyaga nisbatan ko‘proq o‘rik eksport qildi. Garchi Italiyada yangi o‘rik mavsumi O‘zbekistonga qaraganda uzoqroq davom etsa-da”, — deyiladi xabarda.

O‘zbekistonning o‘rik eksportidagi o‘rni

2017-yili O‘zbekiston eng yuqori 6 ta o‘rindan birini band qilgan. Shu yili O‘zbekiston o‘rik eksporti hajmini 50 ming tonnadan taxminan 23 ming tonnaga kamaytirgan. O‘zbekistondan oldingi o‘rinlarni Ispaniya, Turkiya, Fransiya, Italiya va Gretsiya egallagan. 2016-yili O‘zbekiston o‘rik eksport qilish bo‘yicha Ispaniyadan keyin 2-o‘rinni egallab turgan.

2018-yilda O‘zbekiston sarxil o‘rik eksporti bo‘yicha dunyodagi yetakchi uch mamlakat qatoridan o‘rin olgan edi. 2021-yilda bo‘lsa, ichki bozorda o‘rik yuqori narxda ekani va qo‘shni Tojikistonda nisbatan arzonligi sababli, qo‘shni mamlakatdan ushbu meva import qilingan. Shunday qilib, o‘rik eksporti bo‘yicha jahon miqyosidagi yetakchilardan biri hisoblangan O‘zbekiston ayni damda uning importchisiga aylangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »