Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Iqtisodiyot va moliya vazirligi Toshkent shahrida joylashgan “Qo‘yliq” va “Chorsu” dehqon bozorlaridagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 27-dekabrdagi ulgurji narxlari haqida maʼlumot berdi.

Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

O‘rganishlarga qaraganda, “Qo‘yliq” bozorida o‘tgan hafta boshida maksimum narxi 28 000 so‘m (kilosi) bo‘lgan bodring narxi bugun (27-dekabr) 57 000 so‘mgacha ko‘tarildi. Pomidor narxi ham oshib, kilosi 23 000 so‘mdan 30 000 so‘mga yetdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shu bilan birga, bulg‘or qalampiri kilosi 18 000 so‘mdan 25 000 so‘mga, sarimsoq piyoz 25 000 so‘mdan 33 000 so‘mga, baqlajon 8 000 so‘mdan 20 000 so‘mgacha qimmatlashgan.

Uzumning eng yuqori ulgurji narxi (bir kilo uchun) 75 000 so‘mdan 80 000 so‘mga oshdi. Limon narxi ham maksimum 20 000 so‘mdan 30 000 so‘mga ko‘tarildi.

Vazirlik “Chorsu”da mol go‘shtining kilosi 60 000 – 70 000 so‘mdan, qo‘y go‘shti 65 000 – 70 000 so‘mdan sotilayotganini maʼlum qilgan. Umuman olganda, go‘shtning mazkur bozordagi ulgurji narxlari e’lon qilina boshlaganden beri (uch oy davomida) o‘zgarmay kelmoqda.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

“Qo‘yliq” bozorida lazer guruchining kilosini 18 000 – 25 000 so‘mdan, no‘xatni 18 000 – 20 000 so‘mdan, qizil loviyani 14 000 – 17 000 so‘m, moshni 10 000 – 12 000 so‘mdan xarid qilish mumkin. 

Mazkur bozorda kartoshkaning kilosi 2 200 – 4 800 so‘m, piyozniki 1 200 – 2 200 so‘m, sabziniki 1 000 – 2 500 so‘m.

Mevalardan bananning narxi ham o‘tgan haftadagidan 4 ming so‘m qimmatlab, maksimum 25 ming so‘mdan sotilmoqda.

Vazirlik “Qo‘yliq” bozorida 28 turdagi meva, sabzavot, dukkakli va guruch mahsulotlari narxlari bo‘yicha maʼlumotlar ertalab soat 5:00 dan 7:00 ga qadar o‘rganilganini qayd etgan. “Chorsu” bozorida mol va qo‘y go‘shti narxlari bo‘yicha maʼlumotlar ertalab soat 5:00 va 8:00 oralig‘ida yig‘ilgani eslatilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »