Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2023-yil 23-martdagi prezident farmoni bilan 2024-yil 1-yanvargacha 36 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini O‘zbekistonga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llanilishi belgilangandi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Xususan, mahsulotlar ro‘yxatida aholining kundalik ratsionida mavjud sut mahsulotlari, mevalar, dukkakli sabzavotlar, tayyor yoki konservalangan go‘sht mahsulotlari, makaron, tarkibida kakao bo‘lmagan qandolat mahsulotlari, alkogolsiz ichimliklar, bolalar kiyimlari kiritilgan.

Foto: “Daryo” 

Statistika raqamlarga ko‘ra, 2022-yilda 1 273 ta tadbirkorlik subyektlari tomonidan O‘zbekistonga olib kirilgan 470 ming tonna shu turdagi tovarlar uchun 475,4 milliard so‘m bojxona boji to‘langan. Farmon qabul qilinishi natijasida 1 200 dan ortiq tadbirkorlik subyektlarining 500 milliard so‘m pul mablag‘lari o‘z ixtiyorlarida qolishi prognoz qilingan.

Foto: “Daryo”

Shu bilan birga, prezidentning 2022-yil 31-maydagi farmoni bilan ayrim turdagi tovarlarga nisbatan joriy qilingan imtiyozlarning amal qilish muddat 2024-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilgandi. Yaʼni 23 turdagi tovarlar xorijdan olib kelinganda ularga nisbatan bojxona bojlarining nol stavkalari belgilanadi. Bu ro‘yxat go‘sht, baliq, choy, turli yog‘lar, un, banan kabi kunlik isteʼmoldagi oziq-ovqat mahsulotlari kiritilgan.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Tahlillarga qaraganda, mazkur farmon asosida 2022-yilda va 2023-yilning yanvar–may oylarida 431 ta tadbirkorlik subyektlari xorijdan olib kelgan 301,2 ming tonna tovarlari uchun bojxona bojidan 905,4 milliard so‘m imtiyozlar qo‘llangan.

2023-yil yakuniga yetishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Kelasi yil yanvardan yuqoridagi 50 dan ortiq turdagi import mahsulotlar uchun boj imtiyozlari bekor qilinsa, narxlar ko‘tarilish ehtimoli yuqori.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »