Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi bolalar bog‘chasida 4 nafar qizchaga tegajog‘lik qilingani, bunda bog‘cha direktorining 15 yoshli o‘g‘li ayblanayotgani haqida xabar berilgandi. Oliy sud matbuot xizmati unga nisbatan sud hukmi o‘qilganini ma’lum qildi

Foto: “Gazeta.uz”

Xabarga ko‘ra, 2024-yil 23-yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida voyaga yetmagan X.Sh.ga (2008 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining sudyasi J.Kurbanov raisligida Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.

E’lon qilingan sud hukmiga muvofiq X.Sh. Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 85-moddasi (ozodlikdan mahrum qilish) 2-qismi “v” bandiga asosan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni tarbiya koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilinadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »