Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

IIV Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi tomonidan Telegramʼda “Hello Tashkent, salam Tashkent” nomli kanal hamda guruhlarni tashkil etib, ularga fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi videotasvirlarni joylashtirib kelgan guruh aniqlanib, qo‘lga olingan edi. Oliy sud ularga nisbatan chiqarilgan sud hukmini eʼlon qildi.

Kadr: Telegram

Xabar berilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida Jinoyat kodeksining 130-moddasi (pornografik mahsulot tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish) 2-qismi “b” bandi, 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “a”, ”g” bandlari, 140-moddasi (haqorat qilish) 2-qismi, 141-3-moddasi (shaxsning shaʼnini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi maʼlumotlarni oshkor qilish) 2-qismi “b”, “v” bandlari va 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan guruh aʼzolariga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi eʼlon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining sudyasi J.Saidov raisligida Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.

Eʼlon qilingan sud hukmiga muvofiq guruh aʼzolariga 3 yildan 7 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Jinoyat vositasi deb topilgan Telegram messenjeridagi tegishli kanal va akkauntlar Raqamli texnologiyalar vazirligi orqali bloklanishi belgilandi. Jabrlanuvchilarga jinoyat doirasida yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararlarni undirish masalasida fuqarolik ishlarini yuritish tartibida sudga murojaat qilish huquqlari borligi tushuntirildi.

Birinchi instansiya sudining hukmidan norozi taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi maʼlum qilindi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »