Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryoda 21 yoshli qizni behayo rasmlarini tarqatish bilan qo‘rqitib, pul talab qilgan yigit ayol kishi bo‘lib chiqdi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar qildi.

Foto: IIV Kiberxavfsizlik markazi 

Ma’lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumanida yashovchi 21 yoshli qiz A.Q. ariza bilan murojaat qilib, Telegram’da “Farrux-96” nomli profil egasi uning turli fotosuratlari va behayo tasvirlari bo‘lgan videolarini ijtimoiy tarmoq orqali tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, tarqatmaslik evaziga pul talab qilganini bildirgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumanida yashovchi 22 yoshli (ayol) G.B. sodir etgani aniqlangan.

U Telegram’da o‘zini Farrux deb tanishtirib, A.Q.ni yaxshi ko‘rib qolgani, kelgusida unga uylanish maqsadi borligini aytib, uning ishonchiga kirish orqali uning turli fotosuratlari va behayo videotasvirlarini qo‘lga kiritib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qo‘rqitgan. 

Tarqatmaslik evaziga G.B. o‘zining turli bank kartalariga jami 14 million 300 ming so‘m pulni tovlamachilik yo‘li bilan o‘tkazdirib olgan va o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, G.B.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Jinoyat kodeksining yuqoridagi moddasidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »