Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xorazm viloyati Urganch shahrida ayolning behayo suratlarini tarqatmaslik uchun undan 1,3 ming dollar so‘ragan erkak ushlandi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Urganch shahrida yashovchi 32 yoshli (ayol) Sh.N. o‘zini Timur deb tanishtirgan Telegram foydalanuvchisi bilan tanishib qolgani va unga o‘zining behayo fotosuratlarini yuborganini bildirgan. Timur ushbu fotosuratlarini tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, undan 1300 AQSH dollari pul talab qilayotganini ma’lum qilgan.

O‘rganish davomida Timur ismidan foydalangan shaxs aslida Xorazm viloyati, Urganch shahrida yashovchi 34 yoshli (erkak) F.B. ekani, onlayn tanishuvlarda Timur ismidan foydalanib kelgani aniqlandi.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida F.B. talab qilingan pullar o‘rniga fuqaro N.Sh.dan Samsung Galaxy S20 telefoni va 100 AQSH dollari olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Jinoyat sodir etgan F.B. Jinoyat kodeksining 165-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi. Qonunga muvofiq, F.B. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »