Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahar Yunusobod tumanida 9 yoshli yo‘lovchi qizga shahvoniy shilqimlik qilgan konduktor qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, 3-noyabr kuni soat 11:30 atrofida 115-sonli avtobus konduktori bo‘lib ishlaydigan A.X. voyaga yetmagan 2014-yilda tug‘ilgan S.J.ni yoniga o‘tirib, shahvoniy shilqimlik qilib, uning qo‘lidan ushlagan. 22-noyabr kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida fuqaro A.X.ga nisbatan ma’muriy ish ko‘rib chiqilgan.

Sud majlisida huquqbuzar aybiga iqror bo‘lib, sodir etgan qilmishidan pushaymon ekanini bildirgan va suddan yengil jazo berishini so‘ragan.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi A.X.ga ning Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgani uchun 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Shuningdek, jazo o‘talganidan so‘ng huquqbuzardan Toshkent shahar IIBB Ma’muriy tartibda qamoqqa olingan shaxslarni saqlash maxsus qamoqxonasi foydasiga qamalganlarni saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar uchun qamoqning har bir sutkasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida 247 500 so‘m undirilishi belgilandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »