Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon tumanining sobiq hokimi Abdujabbor Egamberdiyev qamoqdan ozod qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Oliy sud mazkur xabarlar yuzasidan maʼlumot berdi.

Foto: Andijon viloyati hokimligi axborot xizmati

Unga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Marhamat tuman sudining 2023-yil 8-fevraldagi hukmiga muvofiq Abdujabbor Egamberdiyev (1974-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan, Andijon tumani xokimi lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi “a” bandi, 207-moddasi 1-qismi va 229-4–moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi 2-qismi va 61-moddasi tartibida 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda, oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadiga ushlab qolish sharti bilan 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

A.Egamberdiyev va uning himoyachisi tomonidan sudga o‘talmay qolgan mansabdorlik lavozimlari va moddiy javobgarlik yuklatilgan vazifalarda ishlash huquqidan mahrum qilish jazosidan Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ozod qilish haqidagi arizasi taqdim etilgan. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Oltinko‘l tuman sudining 2024-yil 18-yanvardagi ajrimi bilan A.Egamberdiyevning arizasi qanoatlantirilib, u faqatgina o‘talmay qolgan 1 yil 3 oy 16 kun mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilish qo‘shimcha jazosini o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan.

“Bugungi kunda A.Egamberdiyev unga sud hukmi bilan tayinlangan axloq tuzatish ishlari asosiy jazosini belgilangan tartibda probatsiya guruhi hisobida o‘tab kelmoqda.

Bundan ko‘rinadiki, A.Egamberdiyev oqlanmagan va uning oqlangani to‘g‘risida tarqatilgan xabar haqiqatga mos kelmaydi”, — deyiladi xabarda.

Davlat xizmatchisi etikasiga nomunosib xatti-harakatlari, rahbarlik madaniyatini saqlamagani, o‘tkazilgan qabullarda fuqarolarga hurmatsizlikka yo‘l qo‘ygani va faoliyatidagi boshqa kamchiliklari uchun Andijon tumani hokimi Abdujabbor Egamberdiyev egallab turgan lavozimidan ozod etilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »