Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Surxondaryoning Denov va Qiziriq tumanlari sobiq hokimi 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Oltinsoy tuman sudining 2023-yil 4-sentyabrdagi hukmiga muvofiq B.Xudoyberganov (1976-yilda Surxondaryo viloyatida, Sho‘rchi tumani hokimi lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 2-qismi “a”, “v”, “g” bandlari, 184-1-moddasi (budjet va smeta-shtat intizomini buzish) 2-qismi, 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandi va 229-4-moddasi (yer berish tartibini buzish) 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga davlat ishtirokidagi korxona, muassasa va tashkilotlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. 

Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati appelyatsiya instansiyasining 2023-yil 7-noyabrdagi ajrimi bilan birinchi instansiya sudi hukmining B.Xudoyberganovga oid qismi o‘zgarishsiz qoldirildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudining 2023-yil 7-dekabrdagi hukmiga muvofiq R.Pardayev (1979-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, Denov va Qiziriq tumanlari hokimi lavozimlarida ishlagan) Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi, 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi, 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 2-qismi “a” bandi va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga 2 yil 6 oy muddatga davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilotlarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda, 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Hozirgi kunda R.Pardayev va uning himoyachilari tomonidan birinchi instansiya sudining hukmi ustidan apellyasiya tartibida berilgan shikoyati Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasida ko‘rish uchun rasmiylashtirilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »