Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyatida bir qizni zo‘rlaganlikda gumon qilingan Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, mazkur jinoyat ishi sudning ish yurituviga kelib tushgani haqida xabar berilgan edi. Oliy sud matbuot xizmati unga qanday jazo tayinlanganini e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Murodjon Amirov

Unga ko‘ra, 18-oktyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘stonliq tuman sudida Sh.Sh. (1993-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, Qibray tumani Qo‘riqlash bo‘limi safdor-xodimi, jinoyat sodir etilgan paytda ishsiz bo‘lgan)ga oid jinoyat ishi yakunlandi.

E’lon qilingan sud hukmiga muvofiq Sh.Sh. Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent viloyat sudining appelyatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »